AsosiyJamiyat

Surxondaryoda hamshirani kaltaklaganlarga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atildi

'Surxondaryoda hamshirani kaltaklaganlarga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atildi'ning rasmi

Avval xabar qilganimizdek, 18 oktyabr kuni soat 10:30 larda Denov tumani Sil kasalliklari shifoxonasi bosh hamshirasi D.I. o`ziga tanish bo`lgan S.Q. hamda S.T. bilan oldindan ziddiyati bo`lganligi sababli o`zaro janjallashib, janjal vaqtida D.I. ni urib, unga "engil" tan jarohati etkazilgan.

Viloyat IIB bergan ma`lumotga ko`ra, hamshirani kaltaklayotgan ayol u bilan janjallashgan hamshiraning onasi bo`lgan. Holatni jabrlangan hamshiraning voyaga etmagan qizi qo`l telefonida tasvirga olib turgan.

Surxondaryo viloyati prokuraturasi taqdim etgan ma`lumotlarga ko`ra, mazkur holat yuzasidan Denov tumani IIB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruv natijasiga ko`ra, 23 oktyabr kuni S.Q. va S.T.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi "b" bandi (bezorilik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar