"Bu fitnaga o`xshaydi" PSJ Mbappe bo`yicha bayonot berdi

Sport 25.10.2022, 21:56
"Bu fitnaga o`xshaydi" PSJ Mbappe bo`yicha bayonot berdi

Fransiyaning eng nufuzli nashrlaridan biri Le Parisien yozda PSJ va Kilian Mbappe o`rtasida imzolangan uch yillik shartnomaga ko`ra, klub 23 yoshli futbolchiga umumiy hisobda 630 million evro to`lashini yozgandi.

Klub bu ma`lumotni inkor qildi.

"Poytaxt nashri tomonidan keng omma e`tiboriga havola etilgan o`ynchlarimizdan biri haqidagi sensasion maqolani ma`qullamaymiz. Ushbu maqola e`lon qilingan sana ham o`ta shubhali. Maqola Chempionlar ligasining muhim uchrashuvidan bir necha soat oldin chiqarildi.

PSJ hech qanday qo`shimcha bayonot bermaydi. Hamma bo`lajak bahsga tayyorlanmoqda", - deyiladi klub bayonotida.

Parij klubi Chempionlar ligasining guruh bosqichi beshinchi turida Isroilning “Makkabi Xayfa” klubi bilan bellashadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1