AsosiyDunyo

To`qaev Nazarboev bekor qilgan bayramni tikladi

'To`qaev Nazarboev bekor qilgan bayramni tikladi'ning rasmi

Qozog`istonda 25 oktyabr kuni mamlakatning asosiy bayrami – Respublika kuni nishonlanadi, 13 yillik tanaffusdan so`ng u yana milliy maqomga ega bo`ldi. Bu haqda "Zamon.uz" yozmoqda.

Bungacha milliy bayram Mustaqillik kuni bo`lib, u 16-17 dekabr kunlari nishonlangan va 2009 yilda Respublika kuni bayramlar ro`yxatidan chiqarilgan edi.

Iyun oyida Prezident Qosim-Jomart To`qaev birinchi milliy qurultoyda Respublika kunini qaytarishni taklif qilgan edi. U 1990 yil 25 oktyabrda Qozog`istonning davlat suvereniteti to`g`risidagi deklarasiya qabul qilinganini va bu mamlakat mustaqilligi yo`lidagi birinchi qadam bo`lganini esladi.

Sentyabr oyida mamlakatda tegishli qonun qabul qilindi. 

Shu bilan birga, Mustaqillik bayrami 2022 yildan boshlab davlat bayramlari reestriga kiritilgan bo`lib, endi u bir kunda – 16 dekabrda nishonlanadi.

    Boshqa yangiliklar