AsosiyJinoyat

Namanganda 29 yoshli XTB xodimi xotini ketib qolgani uchun o`zini osib qo`ydi

'Namanganda 29 yoshli XTB xodimi xotini ketib qolgani uchun o`zini osib qo`ydi'ning rasmi

Namangan viloyatining Norin tumanida turmush o`rtog`i qizlik uyiga ketib qolgan fuqaro o`zini osib qo`ydi. Bu haqda "Darakchi.uz"ga Bosh prokuratura Matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov ma`lum qildi.

Voqea 21 oktyabr kuni soat 17:30 larda Norin tumani, “Katta O`lmas” MFYda sodir bo`lgan. Ushbu mahallada yashovchi 1993 yilda tug`ilgan fuqaro S.X yashash xonadoni qo`yxonasining to`siniga arqondan sirtmoq yasab, o`zini-o`zi osib, o`z joniga qasd qilgan. 

S.X. o`limiga turmush o`rtog`i qizlik xonadoniga ketib qolganidan keyin ruhiyatida sodir bo`lgan salbiy o`zgarish hamda oilaviy kelishmovchiliklar sabab bo`lgani aytilmoqda. 

Uning tanasida tan jarohatlari aniqlanmagan. Tumanlararo sud-tibbiy ekspertiza bo`limining dastlabki ma`lumotida marhum S.X.ning o`limi – bo`yin a`zolarini sirtmoq bilan siqilishi natijasidagi mexanik asfiksiyadan kelib chiqqani, badanida boshqa tan jarohatlari aniqlanmagani ko`rsatilgan.

Ma`lum qilinishicha, 1 farzandning otasi bo`lgan S.X oliy ma`lumotli bo`lib, tuman XTBda mutaxassis bo`lib ishlagan.

Hozirda holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar