Prezident Shavkat Mirziyoev Seul shahri markazida yuz bergan fojia oqibatida ko`plab insonlar halok bo`lgani munosabati bilan Koreya Respublikasi Prezidenti Yun Sok Yolga ta`ziya yo`lladi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi xabar berdi.
Davlatimiz rahbari qurbon bo`lganlarning oila a`zolari va yaqinlariga hamdardlik bildirdi, jarohat olganlar tez fursatda sog`ayib ketishlarini tiladi.
Eslatib o`tamiz, 29 oktyabr kuni Seul shahrining Itaevon ko`chasida uyushtirilgan Xellouin bayramida sodir bo`lgan tiqilinchda yuzlab fuqarolar halok bo`ldi. O`zbekistonning Koreyadagi elchixonasi halok bo`lganlar orasida O`zbekiston fuqarosi ham borligi haqida bayonot berdi.






