AsosiyJamiyat

Surxondaryoda ham shifokor kaltaklandi

'Surxondaryoda ham shifokor kaltaklandi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Angor tuman tibbiyot birlashmasida 3 nafar fuqaro travmatolog shifokor J.Eni kaltaklanganligi haqida tarqalgan xabar keng muhokamaga sabab bo`lmoqda.  

Holat bo`yicha ma`lumot bergan tuman hokimligiga ko`ra, voqea joriy yilning 27 oktyabr kuni soat taxminan 15:20 larda sdir bo`lgan. Tuman tibbiyot birlashmasining travmatologiya bo`limi shifokori J.E. va 3 nafar fuqaro o`rtasida janjal kelib chiqqan. Shu erda bo`lgan tibbiyot xodimlari ularni ajratishgan. Respublika sud tibbiy ekspertizaning bergan xulosasiga ko`ra, janjal natijasida shifokor J.E. “Engil” tan jarohati olganligi aniqlangan.  

Ushbu holat bo`yicha tuman Ichki ishlar bo`limi tomonidan dastlabki tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Eslatib o`tamiz, O`zbekistonda shifokorlarning kaltaklanish holatlari ko`payib borayotgani sabab Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksda tibbiyot xodimiga tajovuz qilganlik uchun javobgarlik belgilanmoqda. Unga ko`ra, tibbiyot xodimining qonuniy tibbiy faoliyatiga to`sqinlik qilish yoki shu maqsadda tibbiyot xodimiga turli shaklda qonunga xilof ravishda ta`sir o`tkazish – fuqarolarga BHMning besh baravaridan etti baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — etti baravaridan o`n baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki o`n besh sutkagacha muddatga ma`muriy qamoqqa olishga sabab bo`ladi. Ayni paytda deputatlar ushbu qonun loyihasini ko`rib chiqishmoqda.  

    Boshqa yangiliklar