Komissiya tomonidan fuqaro murojaatlarini o`rganish davomida sodir etgan qilmishiga pushaymon va ijtimoiy sharoiti og`ir bo`lgan ayblanuvchilarning uchinchi ro`yxati shakllantirilgan va ularni oilasiga qaytarish bo`yicha tegishli choralar ko`rilgan edi.
Komissiya a`zolari taklifi va Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi iltimosnomasiga ko`ra, Bosh prokuratura tomonidan 2022 yilning 1 noyabr kuni yana 35 nafar ayblanuvchini jamoat kafilligi asosida o`z oilasiga qaytarilgan.
️Ma`lumot uchun, shu yilning 30 avgust kuni 34 nafar, 13-14 oktyabr kunlari 38 nafar Mustaqil Komissiya tomonidan shakllantirilgan ro`yxatdagi ayblanuvchi oilasi bag`riga qaytarilgan edi.
️Komissiya tashabbusi bilan yaqinlari bag`riga qaytarilgan ayblanuvchilar soni 107 nafarga etdi.






