Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qarshi tuman bo`limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda, er maydoni savdosi bilan bog`liq firibgarlik holati fosh etildi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.
Ushbu tuman fuqarosi S.O. “Saroy” MFY hududidan zamonaviy maktabgacha ta`lim muassasasi binosi qurish uchun otasiga ajratilgan 50 sotix er maydonini fuqaro E.ga 220 mln so`mga sotishga kelishib, aldov yo`li bilan oldindan 150 mln so`mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






