Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Xorazm viloyat boshqarmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o`tkazildi.
Unda, Shovot tumanidagi 1-sonli sport maktabi mas`ul shaxslari 01.06.2019 yildan 01.09.2022 yilga qadar maktabning sportchi-o`quvchilari yuqori natijalarga erishganliklari yuzasidan diplom va bayonnomalarni rasmiylashtirish orqali rahbar, instruktor-metodist, trener-o`qituvchi jami 14 nafar xodimlarga 361,9 mln so`m ajratib, ushbu mablag`larni o`zlashtirish va rastrata qilish yo`li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o`zlashtirish yoki rastrata yo`li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






