AsosiyJamiyat

Germaniya yuk mashina haydovchilarini ishga taklif qilmoqda

'Germaniya yuk mashina haydovchilarini ishga taklif qilmoqda'ning rasmi

Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi nomzodlarga qo`yiladigan talablarni ma`lum qildi. Nomzodlar uchun talablar:

• SE haydovchilik guvohnomasi;
• nemis tili bo`yicha kamida A2 darajasi (Gyoti instituti sertifikati);
• 18-55 yosh oralig`idagi erkaklar;
• Evropa Ittifoqi haydovchilik guvohnomasini olish va ro`yxatdan o`tish uchun qayta tayyorlash kurslarida o`qish hamda 95-kodli sertifikatini olishga tayyorlik (davomiyligi 6-8 oy);
• Germaniyada qayta tayyorlash kurslaridan so`ng kamida 3 yil "Duvenbeck" shirkatida ishlash.

Quyidagi sharoitlar yaratib beriladi:

- O`zbekistonda hujjat ishlarida hamrohlik, jumladan viza bilan bog`liq masalalarda yordam;
- Germaniyaga borish xarajatlarini qoplash; 
- turar joy xarajatlarini qoplash;
- doimiy mehnat shartnomasi;
- qayta tayyorlash vaqtidagi ish haqi (3-bosqich amaliyoti vaqtidagi oylik yalpi 1060 evro (Brutto);
- qayta tayyorlashdan so`ng yalpi oylik 2580 evro (Brutto) hamda 500 evrogacha (Netto) soliqsiz qo`shimcha haq;
- har yili 27 kunlik ta`til;
- qayta tayyorlash kurslari tugagandan so`ng turar joy xarajatlarini nomzodning o`zi to`lashi kerak bo`ladi. 

    Boshqa yangiliklar