AsosiyJinoyat

Andijonda “Bitmain” mayning qurilmalarini o`rnatgan ferma fosh etildi

'Andijonda “Bitmain” mayning qurilmalarini o`rnatgan ferma fosh etildi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Andijon tuman bo`limi tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari hamda tergovga qadar tekshiruv o`tkazildi.

Unda, “I.P.” MChJ mansabdor shaxslari va boshqalar MChJga qarashli “Qurama” MFY hududida joylashgan chorva fermasi va ishlab chiqarish binosida qonunga zid ravishda, o`zboshimchalik bilan umumiy foydalanishdagi elektr tarmog`iga 845 dona “Bitmain” mayning kripto-aktivlari qurilmalarini o`rnatib, elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelganliklari oqibatida, davlat va jamiyat manfaatlariga 40,4 mlrd so`m zarar etkazganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 185-2-moddasi (elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda. 
 

    Boshqa yangiliklar