AsosiyJinoyat

Surxondaryoda shifokorni do`pposlaganlarga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atildi

'Surxondaryoda shifokorni do`pposlaganlarga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atildi'ning rasmi

Surxondaryo viloyati Angor tumani tibbiyot birlashmasida uch nafar fuqaro shifokorni kaltaklangani haqida xabar berilgan edik. Shuningdek, xolat yuzasidan viloyat prokuraturasi munosabat bildirgan edi.

Ma`lum qilinishicha, Angor tumani tibbiyot birlashmasida travmatolog shifokor E.J.ni 2022 yil 27 oktyabr kuni taxminan soat 15:00 da tumanning "Navro`z" mahallasi hududida joylashgan tibbiyot birlashmasi binosining birinchi qavatida o`ziga tanish bo`lmagan Termiz shahar «Pattakesar» mahallasida yashovchi D.S. va Samarqand viloyati Urgut tumanida yashovchi G.I. xech bir sababsiz janjal ko`tarib, E.J.ning tanasining turli joylariga urib, engil tan jarohati etkazgan.

Mazkur holat yuzasidan 2022 yilning 1 noyabr kuni Angor tumani IIB huzuridagi tergov guruhi tomonidan D.S. va G.I.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi «b» bandi (bezorilik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar