AsosiyJamiyat

Issiqxonalar uchun ajratilgan kreditlarning imtiyozli davr 5 yilga uzaytiriladi

'Issiqxonalar uchun ajratilgan kreditlarning imtiyozli davr 5 yilga uzaytiriladi'ning rasmi

“Issiqxona xo`jaliklari faoliyati samaradorligini oshirish yuzasidan qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi Prezident qarori (PQ–413-son, 02.11.2022 y.) qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

 Qarorga ko`ra, issiqxona xo`jaliklari va muzlatkichli omborxonalarning iqtisodiy jihatdan samarali ishlashi uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratiladi.

 Issiqxona xo`jaliklari va muzlatkichli omborxonalar uchun ajratilgan milliy va xorijiy valyutadagi kreditlarni qaytarish muddatlari umumiy hisobda 14 yil etib belgilanadi va imtiyozli davr 3 yildan 5 yilgacha uzaytiriladi.  

Issiqxona xo`jaliklarini aylanma mablag` bilan ta`minlash uchun banklar tomonidan 1 yil muddatga 6 oylik imtiyozli davr bilan kredit ajratiladi.

Bunda mazkur kreditlar Bog`dorchilik va issiqxona xo`jaligini rivojlantirish agentligiga ajratilgan byudjet ssudasi hisobidan moliyalashtiriladi.

Issiqxona xo`jaliklarida eksportbop mahsulot etishtirishga talab etiladigan aylanma mablag`lar uchun xorijiy valyutadagi bank kreditlari Eksportni rag`batlantirish agentligi mablag`lari hisobidan yillik 4 foiz stavkada (shundan, bank marjasi 2 foiz) ajratiladi.  

 Ajratilgan kreditlarni qaytarish muddatlari issiqxonalarda hosilni yig`ib olish va sotish muddatlariga moslashtiriladi.

 Issiqxona xo`jaliklariga tabiiy gaz bo`yicha to`lovni o`z vaqtida amalga oshirmaganlik uchun penya summasi 2022 yil 1 oktyabrdan 2023 yil 1 aprelgacha, istisno tariqasida, hisoblanmaydi.

Eslatib o`tamiz, bir necha kun avval issiqxonalarni gaz ta`minotidan uzish holati bo`yicha tadbirkorlar norozilik chiqishini qilishdi. Bundan xabar topgan Shavkat Mirziyoev topshirig`i bilan  issiqxonalar 1 kun ichida gaz bilan qayta ta`minlangan edi.

    Boshqa yangiliklar