Beshta hududdagi qurilish boshqarmalariga rahbarlar tayinlandi. Bu haqda O`zA xabar bermoqda.
Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan qurilish boshqarmalaridagi quyidagi lavozimlarda o`zgarishlar bo`ldi:
- Sohibjon Djumaev Buxoro viloyati qurilish bosh boshqarmasining boshlig`i etib tayinlandi va o`z arizasiga asosan Hayot Davlatov ushbu lavozimdan ozod qilindi;
- Timur Turdiboev Jizzax viloyati qurilish bosh boshqarmasining boshlig`i etib tayinlandi va o`z arizasiga asosan Maxmud Tursunov ushbu lavozimdan ozod qilindi;
- Zoxidjon Zokirov Qashqadaryo viloyati qurilish bosh boshqarmasining boshlig`i etib tayinlandi va o`z arizasiga asosan Aktam Chorshanbiev ushbu lavozimdan ozod qilindi;
- Laziz Pozilov Farg`ona viloyati qurilish bosh boshqarmasining boshlig`i etib tayinlandi va o`z arizasiga asosan Akmal Raxmonov ushbu lavozimdan ozod qilindi;
- Said Tuxtaev Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmasining boshlig`i etib tayinlandi;
- Toshkent shahar Qurilish bosh boshqarmasi boshlig`i o`rinbosari – shahar bosh arxitektori lavozimiga Shovkat Dusmuxamedov nomzodi ma`qullandi;
- Dilshod Niyazov o`z arizasiga asosan Namangan viloyati qurilish bosh boshqarmasining boshlig`i lavozimidan ozod qilindi.






