AsosiyJamiyat

Andijonda tirkamali "Moskvich" bosib ketigan 9 yoshli bola vafot etdi (video)

'Andijonda tirkamali "Moskvich" bosib ketigan 9 yoshli bola vafot etdi (video)'ning rasmi

Andijon viloyati Ulug`nor tumanida tirkamaga osilib chiqmoqchi bo`lgan 3-sinf o`quvchisi mashina tagida qolib, vafot etdi. Bu haqda "Milliy" telekanalining "Millar" informasion dasturi xabar berdi.

Ta`kidlanishicha fojea 28 oktyabr kuni soat 14:30 da tumanning Yangiobod MFYda sodir bo`lgan. 13-sonli maktabning 3-sinf o`quvchisi to`garakdan so`ng, uyga qaytish vaqtida, yuk ortib kelayotgan tirkamali "Moskvich"ga osilib chiqishga uringan. Biroq, u oyog`i toyib, yiqilib tushgan. Mashina esa uni bosib o`tgan.

Bola o`qituvchisi tomonidan shifoxonaga olib borilgan, lekin, ko`rsatilgan yordamga qaramay vafot etgan.

    Boshqa yangiliklar