AsosiyJinoyat

Toshkent viloyatidagi maktablarda maktab uchun ajratilgan pullar “tuya qilindi”

'Toshkent viloyatidagi maktablarda maktab uchun ajratilgan pullar “tuya qilindi”'ning rasmi

Angren va Chirchiq shaharlarida maktab jihozlari uchun ajratilgan mablag`larni talon-taroj qilish holatlari aniqlandi.

Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti bu haqda xabar bermoqda

Qayd etilishicha, Angren shahar bo`limi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “T.Z.” MChJ rahbari G.Q. Angren shahridagi maktab-internati direktori V.U. bilan o`zaro til biriktirib, ushbu maktabga aslida etkazib berilmagan maktab jihozlarini qabul qilib olganligi to`g`risidagi hujjatlarni soxtalashtirish orqali 474,3 mln so`mni o`zlashtirish yo`li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Shu kabi Departamentning Chirchiq shahar bo`limi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “T.Z.” MChJ ish yurituvchisi F.Q., yordamchisi Sh.A. va Chirchiq shahridagi ixtisoslashtirilgan maktab direktori G.M. bilan o`zaro til biriktirib, ushbu MChJ tomonidan maktabga aslida etkazib berilmagan ofis mebellarini qabul qilib olganligi yuzasidan hujjatlarni soxtalashtirish orqali 124,2 mln so`mni o`zlashtirish yo`li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

"Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o`zlashtirish yoki rastrata yo`li bilan talon-toroj qilish) va 209-moddasi (mansab soxtakorligi) bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov haraktlari o`tkazilmoqda", — deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar