O`zbekistonning sakkizta viloyatida sel-suv toshqin xavfi e`lon qilindi. Bu haqda "O`zgidromet" bosh direktori Sherzodxo`ja Habibullaev ma`lum qildi.
Qayd etilishicha, hududlarda kutilayotgan kuchli yog`ingarchiliklar tufayli 6-8 noyabr kunlari O`zbekistonning sakkizta viloyatidagi tog` va tog` oldi hududlarda sel-suv toshqin xavfi e`lon qilingan.
Respublikaning tog`oldi va tog`li hududlarida, jumladan:
Qashqadaryo viloyati: Yakkabog, Dexkonobod, Chiroqchi, kitob, Shahrisabz, Kamashi, G`uzor tumanlarida;
Surxondarë viloyati: Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Sho`rchi, Qumqo`rg`on, Muzrobot tumanlarida;
Samarkand viloyati: Urgut, Samarqand, Bulung`ur, Nurobod, Qo`shrabot, Kattaqo`rg`on, Poyarik, Jomboy, Ishtixon tumanlarida;
Jizzax viloyati: Zomin, Baxmal, G`allaorol, Sharof Rashidov, Forish, Yangiobod tumanlarida;
Toshkent viloyati: Ohangaron, Bo`stonlik, Parkent, Piskent, O`rtachirchik, Yuqorichirchiq tumanlarida va Angren, Olmaliq shaharlarida; Namangan viloyati: Pop, Kosonsoy, Chortok, Chust, Namangan, Yangiqo`rg`on tumanlarida;
Farg`ona viloyati: So`x, Shohimardon, Farg`ona, Beshariq tumanlarida; Andijon viloyati: Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qo`rg`ontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xo`jaobod, Marhamat tumanlarida va xonabod shahrida sel-suv toshkin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
Tog` oldi va tog`li hududlarda istiqomat qiluvchi fukarolarni, dam oluvchilarni hamda tog`li hududlarda harakatlanuvchi haydovchilarni ehtiyot choralarini ko`rishi so`ralgan.






