AsosiyJamiyat

Toshkentda advokat 5 ming dollar pora olayotgan vaqtda qo`lga tushdi

'Toshkentda advokat 5 ming dollar pora olayotgan vaqtda qo`lga tushdi'ning rasmi

DXX matbuot xizmati Darakchi. uz'ga Toshkentda advokat 5000 dollar pora olgan vaqtda ushlangani haqida ma`lumot berdi.

Xabarga ko`ra, DXX tomonidan Toshkent shahrida o`tkazilgan tezkor tadbirda advokatlik firmasi advokati ichki ishlar organlari tomonidan Jinoyat Kodeksining 251-1-moddasi bilan qo`zg`atilgan jinoyat ishi bo`yicha o`zining himoyasida bo`lgan fuqaroni, tanishlari orqali jinoiy javobgarlikka tortmaslik masalasini ijobiy hal qilish evaziga 5 ming dollar olgan vaqtida ushlangan.

Ushbu holat yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar