Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan Samarqand viloyatida o`tkazilgan tadbirda Ishtixon tumani irrigasiya bo`limining mansabdor xodimi mahalliy fermer xo`jalik rahbariga xo`jalikning o`z hisobidan joriy etilgan tomchilatib sug`orish texnologiyasi uchun sarflangan mablag`larning bir qismi davlat tomonidan qoplanishini ma`lum qilib, unga 360 mln so`m miqdorida subsidiya mablag`i ajratilishida yordam berish evaziga 3,5 ming dollar olgan vaqtida ushlandi.
Bu haqda Darakchi.uz'ga DXX axborot xizmati ma`lumot taqdim etdi.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.






