AsosiyJamiyat

8-12 noyabr kunlari Samarqand xalqaro aeroportidan rejalashtirilgan ba`zi reyslar Navoiy orqali amalga oshiriladigan bo`ldi

'8-12 noyabr kunlari Samarqand xalqaro aeroportidan rejalashtirilgan ba`zi reyslar Navoiy orqali amalga oshiriladigan bo`ldi'ning rasmi

8-12 noyabr kunlari Samarqand xalqaro aeroportidan rejalashtirilgan reyslar Navoiy aeroporti orqali amalga oshiriladi. "Uzbekistan Airways" bu haqda xabar berdi.

Ma`lum qilinishicha, 8 noyabr soat 00:01dan 12 noyabr soat 00:01gacha quyidagi aviqatnovlarining etib kelishi va jo`nab ketishi Navoiy xalqaro aeroportidan amalga oshiriladi:

  • HY045/046 Toshkent – Samarqand – Toshkent;
  • HY9605/9606 Samarqand – Moskva – Samarqand;
  • HY639 Samarqand – Sankt-Peterburg;
  • HY639/640 Samarqand – Sankt-Peterburg – Samarqand,  
  • HY275/276 Samarqand – Istanbul – Samarqand aviqatnovlarining etib kelishi va jo`nab ketishi Navoiy xalqaro aeroportidan amalga oshiriladi.  

 Shuningdek, quyidagi aviaqatnovlar bekor qilinadi:

  •  HY049/050 Andijon – Samarqand – Andijon;  
  •  HY047/048 Samarqand – Namangan – Samarqand;
  •  HY072/071 Farg`ona – Samarqand – Farg`ona.

"Yo`lovchilar bekor bo`lgan parvozlar aviachiptalarining to`liq qiymatini chipta sotib olingan joyda qaytarib olish yoki boshqa sanaga bepul qayta bronlash huquqiga ega, deyiladi (https://t.me/uzbekistanairways/2946) Uzbekistan Airways axborotida", — deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar