AsosiyJamiyat

​​Samarqand xalqaro aeroporti 4 kunga yopiladi. Sababi...

'​​Samarqand xalqaro aeroporti 4 kunga yopiladi. Sababi...'ning rasmi

“Uzbekiston Airways” AJ Axborot xizmati Samarqand xalqaro aeroportining texnik sabablarga ko`ra, joriy yilning 8 noyabr soat 00:01dan 12 noyabr soat 00:01gacha yopilishini ma`lum qildi. 

Shu sababli “Uzbekiston Airways” AJning rejalashtirilgan 

HY045/046 Toshkent – Samarqand – Toshkent,

HY9605/9606 Samarqand – Moskva – Samarqand, 

HY639 Samarqand – Sankt-Peterburg, 

HY639/640 Samarqand – Sankt-Peterburg – Samarqand, 

HY275/276 Samarqand – Istanbul – Samarqand aviqatnovlarining etib kelishi va jo`nab ketishi Navoiy xalqaro aeroportidan amalga oshirilishini ma`lum qiladi. 

Shuningdek, 

HY049/050 Andijon – Samarqand – Andijon, 

HY047/048 Samarqand – Namangan – Samarqand, 

HY072/071 Farg`ona – Samarqand – Farg`ona aviaqatnovlari esa bekor qilinadi.

Yo`lovchilar bekor bo`lgan parvozlar aviachiptalarining to`liq qiymatini chipta sotib olingan joyda qaytarib olishlari yoki boshqa sanaga bepul qayta bronlash huquqiga egadirlar.

Vaqtinchalik noqulayliklar uchun uzr so`raymiz. To`g`ri tushunishingizga umid qilamiz, deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar