Osh tuzini yodlash talablariga rioya etmagan 11 ta korxona faoliyati to`xtatildi.
Bu haqda AOKAda o`tkazilgan brifingda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig`i o`rinbosari Nurmat Otabekov ma`lum qildi.
69 ta tekshirishlar davomida laboratoriya tahlillari uchun olingan 178 ta osh tuzi namunalaridan 58 tasi (32,5%) belgilangan me`yorlarga javob bermasligi aniqlanib, 74,8 tonna osh tuzi qayta ishlashga qaratildi.
Aniqlangan kamchiliklar bo`yicha bo`yicha 56 nafar javobgar mas`ullarga nisbatan bayonnomalar rasmiylashtirilib, hududiy sudlarga yuborildi.






