AsosiyJamiyat

Qashqadaryoda o`quvchini kaltaklagan deputat jurnalistni so`kdi(audio)

'Qashqadaryoda o`quvchini kaltaklagan deputat jurnalistni so`kdi(audio)'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda qashqadaryolik so`kong`ich deputatning jurnalist bilan suhbati yozib olingan audiosi tarqaldi. Eslatib o`tamiz, bir necha kun avval aynan shu deputat o`quvchini kaltaklagan edi. Audiodan ma`lum bo`lishicha jurnalist shu masalaga oydinlik kiritish uchun deputatga qo`ng`iroq qilgan. Ammo eshitib turganingizdek, deputat jurnalistni ham ayab o`tirmagan.

O’zLiDeP Qashqadaryo viloyat Kengashi Matbuot xizmatining ma`lum qilishicha, partiyaning tuman hamda Xalq deputatlari tuman kengashida deputatning masalasi ko`rilgan.  Ta`kidlanishicha, deputat Nurtoev Panji Norboevichning fermerlik yo`nalishdagi faolligi uchun uning nomzodi  dastlab partiya a`zoligiga, keyinchalik xalq deputatlari tuman kengashi deputatligiga ilgari surilgan. ​Lekin,  deputatlar shu kunlarda u tomonidan sodir etilgan salbiy holatlarni oqlamasligini aytishgan.

Deputat tomonidan maktab o`quvchisini ayovsiz kaltaklagani, qolaversa, mazkur voqeaga aniqlik kiritish maqsadida unga murojaat qilgan jurnalistning savollariga haqoratli so`zlar bilan javob qaytarganligi uchun partiya safidan chiqarish masalasi ovozga qo`yilgan. Ushbu taklif majlis ishtirokchilari tomonidan qabul qilingan.

 Shuningdek, P.N.Nurtoev O`zbekiston Respublikasining “Xalq deputatlari mahalliy kengashi deputatini, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatini va Senati a`zosini chaqirib olish to`g`risida”gi Qonunining 2-moddasi bilan siyosiy partiyalarga berilgan vakolatga asoslangan holda uni deputatlikdan chaqirib olish borasida Xalq deputatlik Qamashi tuman kengashiga tavsiyanoma kiritish  masalasi ham ovozga qo`yildi va ishtirokchilar tomonidan ma`qullandi.  

 

    Boshqa yangiliklar