AsosiyJamiyat

Bugun respublikaning deyarli barcha hududlarida yog`ingarchilik kuzatiladi

'Bugun respublikaning deyarli barcha hududlarida yog`ingarchilik kuzatiladi'ning rasmi

Farg`ona vodiy viloyatlarida kechga tomon, boshqa viloyatlarda esa vaqti-vaqti bilan yog`ingarchiliklar kutilmoqda. 

Shimol va tog`larda yog`ayotgan yomg`ir qorga aylanishi mumkin. Respublikaning katta qismida yog`inlar kuchli bo`lishi, baland tog`larda kuchli qor bo`ronlar kuzatilishi mumkin. 

Yog`inlar chaqmoq-momaqaldiroq xususiyatli ekani inobatga olinsa, ularda jadallilik yuqoriligi hisobiga tog` va tog` oldi mintaqalarida sel kelish xavfi saqlanadi.

Havo harorati kunduz kuni ko`p hududlarda +8 +13 daraja oraliqda o`zgaradi. 

    Boshqa yangiliklar