AsosiyJinoyat

Suriyadagi janglarda qatnashgan terrorist O`zbekistonga olib kelindi

'Suriyadagi janglarda qatnashgan terrorist O`zbekistonga olib kelindi'ning rasmi

Davlat xavfsizlik xizmati bergan xabarga ko`ra, 1995 yilda Farg`ona viloyatida tug`ilgan X.M. xorijda mavsumiy ishlagan davrida Internet tarmog`i orqali xalqaro terroristik tashkilotlar a`zolari bilan doimiy aloqada bo`lgan.

Ularning ta`sirida 2019 yilda Suriyaga borib, "Tavhid va jihod katibasi" terroristik tashkiloti safiga qo`shilgan hamda jangovar harakatlarda qatnashgan.

Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan chet el maxsus xizmatlari bilan hamkorlikda olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida X.M. xorijda ushlanib, O`zbekistonga olib kelindi.

Hozirda unga nisbatan qo`zg`atilgan jinoyat ishi doirasida tergov harakatlari olib borilmoqda.  

 

    Boshqa yangiliklar