Hukumat qarori (645-son, 04.11.2022 y.) bilan Oila va xotin-qizlarni qo`llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg`armasi faoliyatini tashkil etish to`g`risida nizom tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vaziriligi xabar berdi.
Nizomga ko`ra, Jamg`armaning asosiy maqsadi xotin-qizlarni har tomonlama qo`llab-quvvatlash, jumladan:
- og`ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarga moddiy yordam ko`rsatish;
- oilaviy va xususiy tadbirkorlik, hunarmandchilikni tashkil etishda ko`maklashish;
- mehnat bozorida talab yuqori bo`lgan kasblar bo`yicha bilim va ko`nikmalarni egallashda ularga ko`maklashish va rag`batlantirishdan iborat.
️ Og`ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan, shu jumladan, nogironligi bo`lgan, kam ta`minlangan oilalardagi xotin-qizlarni moddiy qo`llab-quvvatlash Jamg`arma mablag`lari sarflanadigan asosiy yunalishlardan biri hisoblanadi.
️ Ma`lumot uchun: Prezidentning 2022 yil 1 martdagi Farmoni bilan Xotin-qizlarni qo`llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg`armasi Oila va xotin-qizlarni qo`llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg`armasi sifatida qayta tashkil etilgan.






