AsosiyJamiyat

Namangandagi maxsus bolalar uyida nogiron qizcha kaltaklandi (video)

'Namangandagi maxsus bolalar uyida nogiron qizcha kaltaklandi (video)'ning rasmi

Namangan viloyati Davlatobod tumani psixofizik rivojlanishida buzilishlari bo`lgan ixtisoslashtirilgan turdagi bolalar uyida nogiron qiz kaltaklangan.

Qayd etilishicha, voqea 29 sentyabr kuni kuzatuv kameralariga tushib qolgan. Tasvirda nogiron qizchaga bolalar uyi xodimining qo`pol muomalada baqirib ovqatlantirayotgani aks etgan. Shuningdek,  qizchani uxlatish maqsadida boshiga urayotgani aytilgan.

Qizcha tug`ma nogiron bo`lib, onasi tomonidan davolanishga yotqizilgan. Bola bir oy davomida maskanda davolanib, barcha davo muolajalarini olgan. Davolanishning so`nggi bosqichida uning ahvoli og`irlashib, mushaklarida tortishish holati kuzatilgan. 

"Uning ovqatlanishida va uxlashida muammolar yuzaga kela boshladi. Bu vaziyatda qizni ovqatlantirishga harakat qilayotgan xodimning munosabati sal qo`polroq ko`ringan bo`lishi mumkin", — degan Bolalar uyi rahbari Nargiza Hamdamova.

Tuman ichki ishlar xodimi holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilayotgani, sud tibbiy ekspertizasi tayinlanib, tergovga qadar tekshiruv tayinlanganini ma`lum qildi. Xodimlarga nisbatan intizomiy jazo qo`llanilgan.

 

    Boshqa yangiliklar