Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Farg`ona viloyati boshqarmalari tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o`tkazildi.
Unda, fuqaro G.I. (muqaddam sudlangan) fuqaro E.X.ning ishonchiga kirib, unga 3 900 AQSh dollari evaziga musodara qilingan “Nexia 3” rusumli atomashinani olib berishini aytib, uning 2 900 AQSh dollarini firibgarlik yo`li bilan qo`lga kiritganligi va 1 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanib, uning xonadonida prokuratura organlari xodimlarining eski va yangi namunadagi xizmat kiyimlari mavjudligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






