2022 yilning 7 noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda “Farg`onada IIB binosidan 15 yoshli o`smirning murdasi chiqqani aytilmoqda” sarlavhasi ostidagi xabarlar tarqaldi.
Unda shu yilning 17 oktyabr kuni Farg`ona viloyati Qo`qon shahrida joylashgan “IIBning voyaga etmaganlarga huquqiy yordam ko`rsatish markazi”dan Uchko`prik tumani Sulton MFYda yashovchi 9-sinf o`quvchisi A.R.ning vafot etgani aytilgan.
Mazkur holat Bola huquqlari bo`yicha vakil (Bolalar Ombudsmani) nazoratiga olinib, Bosh prokuratura va Ichki ishlar vazirligiga murojaat qilindi, deya xabar bermoqda Ombudsman.
Hozirda muassasadagi mavjud holat Bolalar Ombudsmani ishtirokida o`rganilayotgani va bu haqda jamoatchilik xabardor qilinishi ma`lum qilinadi, deyiladi xabarda.
09.11.2022 18:40