Joriy yilning 13 noyabr kuni soat taxminan 21:00larda Toshkent viloyati Piskent tumani “Lolaariq” mahallasi hududida 1961 yilda tug`ilgan A.T. tanishi 1990 yilda tug`ilgan A.U.ni, o`rtalarida kelib chiqqan janjal oqibatida noma`lum rusumli o`q otar qurolidan otib jarohatlab, voqea joyidan yashiringan. Bu haqda IIV Axborot xizmati xabar bermoqda.
Natijada A.U. "Qorinning o`ng tomon pastki qismini o`q-otar qurolning o`qi teshib kirishi, qorin bo`shlig`i ichki a`zolarining jarohatlanishi" tashxisi bilan Piskent tumani tibbiyot muassasasiga joylashtirilgan.
Ko`rilgan tezkor-qidiruv tadbirlari jarayonida jinoyatni sodir etishda gumonlangan A.T. qo`lga olinib, voqea joyidan ro`yxat raqami o`chirilgan, kelib chiqishi noma`lum bo`lgan 9mm PM jangovar to`pponchasi, ikki dona o`q hamda bir dona otilgan gilza daliliy ashyo sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 25, 97-moddalari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, gumonlanuvchi shaxs prosessual tartibda qamoqqa olingan.
Noma`lum o`q otar qurolini kelib chiqishi hamda boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.