Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi Raisi tomonidan Davlat dasturlari asosida belgilangan vazifalarning bajarilishini ta`minlash hamda aholini qiynab kelayotgan muammolarni bartaraf etish bo`yicha bugungi kunga qadar 11 tumanda majlis o`tkazildi.
Jo`qorg`i Kenges Axborot xizmatining ma`lum qilishicha, mazkur majlislarni o`tkazishdan maqsad, aholining farovon hayotini ta`minlash, bu borada o`z vazifasiga sovuqqonlik bilan qaraydigan ayrim rahbarlarning mas`uliyatini oshirishdan iborat.
O`tkazilgan majlislar bayonnomalari asosida Davlat dasturlari doirasida belgilangan topshiriqlarni, o`z sohalari bo`yicha yuklatilgan vazifalarni bajarishda xato-kamchiliklarga yo`l qo`ygan, o`ziga bildirilgan ishonchni oqlay olmagani uchun 15 nafar mansabdor shaxs Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi Raisi tomonidan egallab turgan lavozimidan ozod qilindi. Shu bilan birga, 116 nafariga intizomiy jazo chorasi qo`llanildi.






