AsosiyJamiyat

Bugun ayrim joylarda yog`ayotgan yomg`ir qorga aylanishi mumkin

'Bugun ayrim joylarda yog`ayotgan yomg`ir qorga aylanishi mumkin'ning rasmi

Bugun O`zbekiston bo`yicha ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi, ayrim joylarda qorga aylanishi mumkin. Qoraqalpog`iston Respublikasi, Xorazm viloyatida yog`ingarchilik kutilmaydi. Tog` oldi va tog`li hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 2-7° iliq bo`ladi. 

Poytaxtimizda yomg`ir yog`adi, qorga aylanishi mumkin. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 3-5° iliq bo`ladi.

Tog`oldi va tog`li hududlarida vaqti-vaqti bilan yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi, ba`zi joylarda kuchli bo`lishi mumkin. Ba`zi joylarga tuman tushadi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 0-5° sovuq bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar