Ijtimoiy tarmoqlarda Buxoroda 5 ta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo`lgani yuzasidan xabarlar tarqaldi. Bu bo`yicha Yo`l harakati xavfsizligi xizmati rasmiy ma`lumot berdi.
Qayd etilishicha, kecha 15 noyabr kuni soat 19:00 larda Buxoro viloyati, Kogon shahrida 3 ta "Cobalt", "Kia-K5" va "Nexia-3" rusumli avtomobillar ishtirokida to`qnashuv sodir bo`lgan.
Hodisa natijasida tan jarohati olgan fuqarolar yo`q.
Mazkur YTH yuzasidan Kogon shahar IIB JXX YHXG xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.






