AsosiyJamiyat

Energetikada ham monopoliya tugamas ekan, aholini gaz va elektr bilan ta`minlashda sifat o`zgarmaydi — Alisher Qodirov

'Energetikada ham monopoliya tugamas ekan, aholini gaz va elektr bilan ta`minlashda sifat o`zgarmaydi — Alisher Qodirov'ning rasmi

O‘zbekistonda sovuq tushishi bilan gaz va “svet” yana bosh mavzu — muammoga aylandi. Ijtimoiy tarmoqlarda respublikaning turli hududlaridan issiqlik energiyasi taqchilligi yuzaga kelayotgani aks etgan video va xabarlar paydo bo‘lmoqda. 

Kuni kecha, ushbu masalada matbuot anjumani tashkil etilib, qator holat va savollarga izoh va javoblar berildi. Jumladan, elektr energiyasini 1 soatdan ortiq o‘chirgan masʼullarga chora ko‘rilishi haqida taʼkidlandi. Bugundan esa Toshkentning markaziy ko‘chalarida tunggi paytlarda yoritish chiroqlari o‘chirilishi maʼlum qilindi. Biroq, hamon muammoga yechim topilmadi. Holat bosh mavzuga aylanib turibdi. 

Qonunchilik palatasi deputati Alisher Qodirov gaz va elektr borasida o‘z mulohazalarini keltirib o‘tdi. 

Deputatga ko‘ra, Avtosanoatda monopoliya tugamasa avtomashina narxlari o‘zgarmaganidek, energetikada ham monopoliya tugamas, narxlar o‘zgarmas ekan, aholini gaz va elektr bilan taʼminlashda sifat o‘zgarmaydi.

"Izoh beraman… Sifatli taʼminot uchun yaroqli tarmoqlar bo‘lishi kerak. Tarmoqlar yaroqli bo‘lishi uchun muntazam va qimmat taʼmir ishlari talab qilinadi. Bu byudjet uchun og‘ir, qarzga qilish - teshik idishga suv quygandek gap, investorlar esa davlat bilan sherikchilik qilishni istashmaydi. Energiya sotish kompaniyalari o‘zi daromad ko‘rmagunicha sohada o‘zgarish bo‘lmaydi.

Gaz ham elektr ham bor, yetmasa sotib olish imkoniyati bor, lekin minglab kilometr simlar va trubalar eskirib ketgan. Aholini elektr va gaz bilan taʼminlashdagi muammo resurs yetishmovchiligi emas, boshqaruv va taʼminot tizimini eskirganida. Istaganingizcha Energetika vazirini (yoki meni, farqi yo‘q) tanqid qilishingiz mumkin, sohada hammamiz uchun og‘ir va og‘riqli, vaqt talab qiladigan islohotlar bo‘lmas ekan, muammo turaveradi", - deb yozadi u. 

Nega shaharlardan ko‘ra qishloqlarda ko‘proq svet o‘chadi? (video)

    Boshqa yangiliklar