Joriy yilning 15 noyabr kuni soat 17:50 larda Navoiy viloyati Navoiy shahri Imom al-Buxoriy ko`chasida haydovchi, 1987 yilda tug`ilgan X.A. “Lacetti” rusumli avtomobilda harakatlanayotib, tartibga solinmagan piyodalar o`tish joyidan yo`lni piyoda kesib o`tayotgan A.A. va B.B.larni urib yuborgan. Bu haqda Yo`l harakati xavfsizligi xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, hodisa natijasida piyodalar tan jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Hozirda mazkur YTH yuzasidan Navoiy shahri IIB huzuridagi TB tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
17.11.2022 15:15
Navoiyda “Lacetti” haydovchisi ikki nafar piyodani urib yubordi






