AsosiyJamiyat

O`zbekiston ingliz tilini bilish darajasi bo`yicha Markaziy Osiyo davlatlarini ortda qoldirdi

'O`zbekiston ingliz tilini bilish darajasi bo`yicha Markaziy Osiyo davlatlarini ortda qoldirdi'ning rasmi

Dunyodagi eng yirik xususiy ta`lim muassasasi — Education First (EF ) har yili berib boradigan mamlakatlarning ingliz tilini bilish indeksini e`lon qildi. 111 davlat kiritilgan reytingda O`zbkiston 89 o`rinni egallagan.

EF English Proficiency Index (EF EPI) indeksi katta yoshdagi aholi o`rtasida ingliz tilini bilish darajasini o`lchab, shu orqali mamlakatning ushbu ko`rsatkich orqali reytingni tuzadi. Reytingni shakllantirish uchun 100 ta mamlakatdan 2,1 million odam qatnashgan.

Barcha davlatlar tilni bilish darjasiga ko`ra 5 toifaga bo`linadi. O`zbekiston 446 ball to`plab «juda past» davlatlar toifasiga kiritilgan. Shu bilan birga, mamlakat Markaziy Osiyo davlatlari orqasi eng yaxshi natijani ko`rsatgan: Qirg`iziston 91-o`rin (442 ball), Qozog`iston — 99-o`rin (420 ball), Tojikiston — 106 o`rin (396 ball).

Poytaxtlar kesimida Toshkent juda past darajadagi guruhga kiritilgan, Ostona va Bishkekning ko`rsatkichlari nisbatan yuqori bo`lib, ular xorij tilini past darajada biluvchilar guruhidan o`rin olgan.

Ingliz tilini bilish bo`yicha 13 davlatdan iborat eng yuqori darajali guruhdan Evropaning deyarli barcha davlati kiritilgan. Etakchilik 661 ball bilan niderlandiyaga nasib ketgan. Ikkinchi o`rin Singapul (642 ball) bo`lsa, uchinchi o`rinni Avstriya (628 ball) egallagan.

    Boshqa yangiliklar