AsosiyJamiyat

"O`zgidromet" 18 noyabr kuni kutilayotgan ob-havo ma`lumotlarini e`lon qildi

'"O`zgidromet" 18 noyabr kuni kutilayotgan ob-havo ma`lumotlarini e`lon qildi'ning rasmi

"O`zgidromet" 18 noyabr kuni kutilayotgan ob-havo ma`lumotlarini e`lon qildi.

Unga ko`ra, bugun O`zbekiston bo`yicha havo o`zgarib turadi, Farg`ona vodiysi viloyatlarida yog`ingarchilik kutilmaydi.

Qoraqalpog`iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida ba`zi joylarda biroz yomg`ir yog`adi. Qolgan hududlarda yomg`ir yog`adi. Tog` oldi hududlarda qor ko`chish xavfi bor.
Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi. Harorat kunduzi 12-17° iliq bo`ladi. 

Poytaxtimizda kechga tomon yomg`ir yog`adi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 14-16° iliq bo`ladi.

Tog`oldi va tog`li hududlarda vaqti-vaqti bilan yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi. Ba`zi joylarga tuman tushadi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi. Harorat 3-8° iliq bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar