AsosiyJamiyat

Bugun Samarqand shahrining ba`zi ko`chalarida transport harakati vaqtinchalik to`xtatiladi

'Bugun Samarqand shahrining ba`zi ko`chalarida transport harakati vaqtinchalik to`xtatiladi'ning rasmi

Samarqand shahridagi ayrim ko`chalarda 18 noyabr kuni transport harakati vaqtinchalik cheklanadi. Bu haqda Samarqand shahar hokimligi xabar berdi.

Ma`lum qilinishicha, 18 noyabr kuni O`zbekiston Respublikasi Davlat bayrog`i qabul qilinganining 31 yilligi munosabati bilan Samarqand shahrida bir qator tadbirlar o`tkazilishi ko`zda tutilgan. Shuningdek, mashinalar va velosportchilarning ko`chalar bo`ylab davlat bayrog`i marshi tashkil etilishi ham rejalashtirilgan.

Shu munosabat bilan hududda jamoat tartibini saqlash va tadbirni namunali tashkil etish maqsadida soat 08:00 dan 10:00 ga qadar quyidagi ko`chalarda transport vositalarining harakati vaqtincha cheklanadi:

  • Registon ko`chasining Registon maydoni oldidan universitet xiyobonining Bo`stonsaroy ko`chasi tutashmasigacha;
  • universitet xiyobonining Amir Temur haykali joylashgan qismidan viloyat musiqali drama teatriga kirish ko`chasida va Ko`ksaroy maydonida.

    Boshqa yangiliklar