Prezident ta`lim muassasalari agentligi tomonidan “Google” kompaniyasi hamda “Digital Generation Uzbekistan” NNT hamkorligida joriy yilning 21-26 noyabr kunlari IT sohasiga qiziqish bildirgan yoshlar uchun “Raqamli avlod IT haftaligi” tadbiri tashkil etilmoqda.
Mazkur haftalik doirasida Robo Labirint, Robo Futbol, DG Contest, Cyber Sport yo`nalishlari bo`yicha musobaqalar va GDG Google Dev fest tadbiri tashkil etiladi.
Tadbirga o`z sohasining etakchisi bo`lgan xorijiy mutaxassislar tashrif buyurishi kutilmoqda.
Jumladan:
Baris Esugey -Google Developer Ecosystem & Google for Startups (Turkiya va O`rta Osiyo) rahbari,
Peter Vesterbacka - "Angry Birds" asoschisi,
Igor Dubanos - Belarus davlatining iTechArt dasturchisi,
JeongMin Kwon - Google developer eksperti,
Dharmesh Vaya - Google developer eksperti,
Sayak Paul - Google developer eksperti,
Nirav Kothari - Google developer eksperti,
Shu bilan birga mazkur tadbirda 20 ga yaqin IT sohasidagi spikerlar ham qatnashishi ko`zda tutilgan.
Tadbir onlayn va offlayn formatda o`tkaziladi. Onlayn formatda 3000 nafardan ziyod, offlayn formatda esa 500 nafardan ziyod IT sohasiga qiziquvchi yoshlar qatnashishi kutilmoqda.
18.11.2022 12:21
Prezident ta`lim muassasalari agentligi “Google” bilan hamkorlikda “Raqamli avlod IT haftaligi” tadbirini tashkil etmoqda






