AsosiyJamiyat

Shavkat Mirziyoevning Fransiyaga tashrifi davomida nimalar rejalashtirilgan?

'Shavkat Mirziyoevning Fransiyaga tashrifi davomida nimalar rejalashtirilgan?'ning rasmi

O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev kelgusi haftada Fransiya Prezidentining taklifiga muvofiq ushbu mamlakatga tashrif buyuradi. Bu davlatimiz rahbarining so`nggi to`rt yildagi ikkinchi tashrifi bo`ladi. E`tiborlisi shundaki, Sh. Mirziyoev bunday qisqa vaqt ichida ikkinchi marta boshqa hech qaysi Evropa mamlakatida bo`lmagan edi.  

O`zbekiston va Fransiya o`rtasidagi o`zaro hamkorlik aloqalari tarixi uzoq yillarga borib taqaladi. O`rta asrlarda Sohibqiron Amir Temur va Fransiya qiroli Karl VI  o`rtasidagi yozishmalarda o`zaro muntazam savdo aloqalarini o`rnatish haqida so`z borgani tarixiy manbalar orqali ma`lum.  

Ikki mamlakat rahbarlari o`rtasida jami to`rt marotaba oliy darajadagi tashriflar amalga oshirilgan — Fransiyaga 3, O`zbekistonga 1 marotaba.  

Prezidentimiz ilk bor Prezident E.Makronning taklifi asosida 2018 yilning 8-9 oktyabr kunlari Fransiyaga rasmiy tashrif bilan kelgan edi.  O`shanda jami qiymati 3,4 mlrd. evroga teng kelishuv va savdo shartnomalari imzolangan.

Mazkur kelishuvlar natijasida so`nggi yillarda ikki mamlakat o`rtasida siyosiy, savdo-iqtisodiy, investisiyaviy va ijtimoiy sohalar bo`yicha hamkorlik keskin rivojlandi.  

Tashrif yakunida o`ndan ortiq muhim ikki tomonlama hujjatlar, shuningdek, investisiya bitimlari va savdo shartnomalari to`plamining qabul qilinishi rejalashtirilgan.

Bir so`z bilan aytganda, Shavkat Mirziyoevning Fransiyaga ikkinchi tashrifi har tomonlama samarali bo`lishi kutilyapti.

 

    Boshqa yangiliklar