O`zgidromet noyabr oyining oyuirgi haftaligida kutilayotgan ob-havo ma`lumotlarini prognoz qildi.
Unga ko`ra, tespublikaning katta qismida ish haftasi davomida iliq, quyoshli faqat dushanba janub viloyatlaridan tashqari barcha viloyatlar, seshanba kuni Toshkent, Farg`ona vodiy viloyatlari hamda tog`li hududlarda yog`ingarchilik bo`lishi prognoz qilinmoqda.
O`zbekistonda kutilajak iliq ob-havo uzoq O`rta Er siklonlari bilan bog`liq. Ular respublikaning katta qismiga o`z yog`inlari bilan ta`sir etmasada, haroratning o`zgarishida ularning faolligi yuqori.
Siklonlar kenglik bo`ylab, Evropa sharqigacha shimoli-g`arbiy va shimoldan sovuq havo oqimlari yo`lini yopib turadi. Rossiya va Ukraina janubiga o`ta iliq havoni taqdim etadi. Bunday paytda Erondan kirib kelayotgan issiq havo Turkmaniston orqali O`zbekistonga ham kirib kelishida qulay vaziyat yuzaga keladi.
Havo harorati hafta o`rtalarida janub viloyatlarda +20 darajagacha, poytaxtda +17 darajagacha yuqorilaydi. Hafta davomida tunlari ham hatto shimolda harorat +3 darajadan yuqori bo`lishi ta`minlanadi.
Keyinroq rus tekisliklaridan siklonlar sharqqa tomon chekingach, Markaziy Osiyo shimolida yuqori bosimli sovuq antisiklon sohasi shakllanadi. Oy oxirlariga borib, Qozog`iston shimolida antisiklon markazidagi bosim 1075 gPa ga yaqinlashadi.
Ammo kelgusi prognozlar va hozirgi mavjud vaziyatda antisiklon O`zbekistonga chuqur ta`sir etmaydi. Tog`lar va shimoldagina harorat nol darajadan pasayishi mumkin. Ob havo xaritalarini kuzatishda davom etamiz, deyiladi xabarda.
21.11.2022 03:59
Noyabrning oxirida bizni qanday ob-havo kutmoqda?






