AsosiyJamiyat

O`zbekiston — Rossiya uchrashuvida stadion displeyida bukmekerlik kompaniyasi reklamasi namoyish etildi

'O`zbekiston — Rossiya uchrashuvida stadion displeyida bukmekerlik kompaniyasi reklamasi namoyish etildi'ning rasmi

Futbol bo`yicha O`zbekiston milliy terma jamoasi 20 noyabr kuni Toshkentdagi “Paxtakor” stadionida Rossiyaga qarshi bahs olib bordi. Uchrashuv 0:0 hisobidagi natija bilan yakun topdi.

Uchrashuv vaqtida “Paxtakor” stadionidagi reklama displeyida bukmekerlik faoliyati bilan shug`ullanuvchi kompaniya reklamasi namoyish etildi. Bu holat ijtimoiy tarmoqlarda ko`plab muhokamalarga sabab bo`ldi.

Qayd etish kerak, O`zbekiston hududida bukmekerlik faoliyatini olib borish yoki uning targ`iboti bilan shug`ullanish taqiqlangan.

2022 yilning iyun oyida “Zo`r TV” Qozog`istonda o`tgan MMA musobaqasini translyasiya qilgan va unda bukmekerlik kompaniyasi reklamalari yaqqol namoyish qilingandi. O`shanda telekanalga Iste`molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi tomonidan tegishli ko`rsatmalar berilgandi.

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 4 dekabrdagi “O`zbekistonda futbolni rivojlantirishni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to`g`risida”gi farmoniga muvofiq, O`zbekistonda 2021-yil 1-yanvardan boshlab Kapital bozorini rivojlantirish agentligi tomonidan lisenziya olish orqali bukmekerlik faoliyatini amalga oshirishga ruxsat berish nazarda tutilgan edi.

2022 yilning 6 apreldagi kiritilgan o`zgartirishlarga ko`ra, farmonning bukmekerlik faoliyatiga tegishli qismlari bekor qilingandi.

    Boshqa yangiliklar