AsosiyJamiyat

Uzbekistan Airways’ning mahalliy va xalqaro yo`nalishdagi qator reyslari kechiktirildi

'Uzbekistan Airways’ning mahalliy va xalqaro yo`nalishdagi qator reyslari kechiktirildi'ning rasmi

Uzbekistan Airways’ning ma`lum qilishicha, bugun, 2022 yil 22 noyabr kuni Farg`ona hamda Urganch xalqaro aeroportlarining noqulay ob-havo sharoiti tufayli kompaniyaning bir nechta reyslari majburiy kechiktiriladi:  

  • HY-9616 Moskva – Urganch qatnovi Navoiy aeroportiga yo`naltirildi. Ushbu yo`nalishdagi qatnov belgilangan manzilga etib borgan.  
  • HY-9615 Urganch – Moskva qatnovi o`z yo`nalishi bo`yicha jo`nab ketgan.    
  • HY-081 Toshkent – Farg`ona, HY-339 Farg`ona – Dubay, HY-340 Dubay – Farg`ona, HY-072/HY-071 Farg`ona – Samarqand – Farg`ona, HY-082 Farg`ona – Toshkent qatnovlari, shuningdek, HY-053 Toshkent – Urganch, HY-279/HY-280 Urganch – Istanbul – Urganch va HY-054 Urganch – Toshkent, HY-074/HY-073 Buxoro – Namangan – Buxoro, HY-9626/HY-9625 Moskva – Nukus – Moskva va HY-9606 Moskva – Samarqand kechikib amalga oshirilishi ma`lum qilinmoqda.  

Bundan tashqari, rejalashtirilgan HY-745/HY-746 Toshkent – Tbilisi – Toshkent qatnovlari ham kechikib amalga oshiriladi.  

Kompaniya Axborot xizmati yo`lovchilar xavfsizligi yuqori o`rinda turishini eslatib, keltirilgan noqulayliklar uchun yo`lovchilar va ularni kutib oluvchilardan uzr so`ramoqda.

    Boshqa yangiliklar