Samarqandda fuqarolarni 3 yildan buyon Isroilga ishga jo`natishni va`da berib kelayotgan ayolga jinoyat ishi qo`zg`atildi

Jinoyat 22.11.2022, 18:38
Samarqandda fuqarolarni 3 yildan buyon Isroilga ishga jo`natishni va`da berib kelayotgan ayolga jinoyat ishi qo`zg`atildi

Samarqand tumani Gaffarov ko`chasida yashovchi 28 yoshli M.Sh. Samarqand shahri bo`yicha IIO FMBga ariza bilan murojaat qilib, o`z arizasida Samarqand shahri S.Ayniy mahallasida yashovchi 42 yoshli I.D.(ayol) uni Isroil davlatiga ishlashga yuborishini va`da qilib, 2019 yil noyabr oyidan 2021 yil yanvar oyiga qadar bo`lib-bo`lib, jami 14.100 AQSh dollarini olganligini, biroq shu kunga qadar I.D. uni Isroil davlatiga yubormasdan, pullarini qaytarib bermay aldab kelayotganligini, shu sababli unga nisbatan qonuniy chora ko`rishlikni so`ragan. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.

Bundan tashqari, Samarqand tumani Qo`shmasjid MFYda yashovchi 36 yoshli D.U. ariza bilan murojaat qilib, uz arizasida I.D. (ayol) uni xam Isroil davlatiga ishlashga yuborishini va`da qilib, 2019 yil dekabr oyidan 2020 yil yanvar oyiga qadar bo`lib-bo`lib, jami 10.000 AQSh dollarini olganligini, biroq shu kunga qadar uni Isroil davlatiga yubormasdan, pullarini qaytarib bermasdan, aldab kelayotganligini, shu sababli unga nisbatan qonuniy chora ko`rishlikni so`ragan.

Mazkur holatlar yuzasidan Samarqand shahar bo`yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 168-moddasi 3-qismi “a,b” bandlari (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Jinoyat ishi doirasida jinoyatning kelib chiqish sabablari o`rganilib, huquqiy baho berilishi ta`minlanadi.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1