Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Qosim-Jomart Toqaev bilan telefon orqali suhbatlashdi va uni Qozog`istondagi prezidentlik saylovidagi ishonchli g`alabasi bilan tabrikladi. Bu haqda "RBK-Ukraina" davlat rahbarining Twitter'iga asoslanib xabar bermoqda.
"Qozog`iston prezidenti Qosim-Jomart Toqaevni navbatdan tashqari saylovlardagi ishonchli g`alabasi bilan tabrikladim. U ikki tomonlama munosabatlarni yanada rivojlantirishdan manfaatdor ekanligini bildirdi. Unga insonparvarlik yordami uchun minnatdorlik bildirdim", — deyiladi xabarda.
Eslatib o`tamiz. avvalroq Qozog`istonning amaldagi rahbari Qosim-Jomart Toqaev prezidentlik saylovlarida 80% dan ko`proq ovoz bilan g`alaba qozongan edi.
Ma`lumot uchun, Qozog`istonda muddatidan oldin saylovlar Toqaevning o`zi tashabbusi bilan o`tkazilgan. Bungacha u prezidentlik muddatini uzaytirish va qayta saylanishning mumkin emasligi haqidagi qonunni imzolagan edi. Toqaevning yangi vakolat muddati etti yil bo`lishi kerak.
Avvalroq Qozog`iston rahbari mamlakat prezidenti vakolatlarini qisqartirish to`g`risidagi qonunni imzolagani xabar qilingan.