AsosiyJamiyat

⚡️15 ta yangi modda va bitta yangi bob... Konstitusiyaga o`zgartirishlar kiritilmoqda…

'⚡️15 ta yangi modda va bitta yangi bob... Konstitusiyaga o`zgartirishlar kiritilmoqda…'ning rasmi

O`zbekiston Konstitusiyasiga o`zgartirishlar kiritilmoqda. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, "Milliy tiklanish" rahbari Alisher Qodirov xabar berdi. 

Ma`lum qilinishicha, Konstitusiyaning 76 ta moddasiga o`zgartish va qo`shimchalar bilan birga, 15 ta yangi modda va 1 ta yangi bob kiritilmoqda. Loyihada fuqarolar tomonidan taqdim qilingan 160 mingga yaqin takliflardan ham keng foydalanilgan.

"“Milliy tiklanish” va O`zLiDeP partiya fraksiyalari qonun loyihasini Oliy Majlis Qonunchilik palatasining yalpi majlisi muhokamasiga kiritish tashabbusini qo`llab-quvvatladilar", - deydi deputat. 

Eslatib o`tamiz, Konstitusiyaviy qonun loyihasi umumxaql muhokamasiga qo`yilgan va unga 150 mingdan ortiq takliflar kelib tushgan edi. 

Boshqa yangiliklar