Toshkent xalqaro aeroportining jo`nab ketish terminali oldida to`liq avtomatlashtirilgan avtoturargoh test rejimida ishga tushirildi.
Transport vaziriligning ma`lum qilishicha, bu inson aralashuvisiz ishlaydigan birinchi avtoturargoh.
Qayd etilishicha, avtomatlashtirilgan to`xtash joyidan quyidagi tartibda foydalaniladi:
- Tizim avtomatik ravishda avtomobil raqamini taniydi, uni ma`lumotlar bazasiga kiritadi va shlagbaumni ochadi;
- To`lov uchun avtoturargohga parkometrlar o`rnatilgan. Avtomobil raqami terminalga kiritiladi va to`lov miqdori paydo bo`ladi;
- To`lovni naqd pulda (qaytim olish imkoniyati mavjud) yoki Payme mobil ilovasi orqali QR-kodni skanerlash yordamida amalga oshirishingiz mumkin;
- Agar tizim raqamni avtomatik ravishda aniqlay olmasa, to`lov avtoturargohga kirish joyida olinadigan chipta yordamida amalga oshiriladi.






