AsosiyJamiyat

Farg`onada 3 kunlik kelin-kuyov iz gazidan zaharlanib vafot etdi

'Farg`onada 3 kunlik kelin-kuyov iz gazidan zaharlanib vafot etdi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Farg`onaning Buvayda tumanida 3 kunlik kelin-kuyov is gazidan zaharlanib vafot etganligi haqida xabarlar tarqaldi.

Ushbu holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda. Bu haqda "darakchi.uz"ga Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar qildi.

Ma`lum qilinishicha, kuyov 1999 yilda, kelin esa 2005 yilda tug`ilgan.

Shuningdek, mutaxassis tomonidan xonadonda mavjud bo`lgan isitish moslamasi nostandart holatda o`rnatilganligi haqida xulosa berilgan.

Bunday ko`ngilsiz hodisalarning oldini olish maqsadida gaz uskunalaridan va isitish moslamalaridan foydalanishda yong`in va xavfsizlik talablariga qat`iy rioya qilishingizni so`raymiz, deyiladi prokuratura xabarida.

    Boshqa yangiliklar