AsosiyJamiyat

⚡️ Prezident Navoiy viloyati hokimi lavozimiga nomzodini tavsiya etdi

'⚡️ Prezident Navoiy viloyati hokimi lavozimiga nomzodini tavsiya etdi'ning rasmi

Avval xabar qilganimizdek, ayni  paytda Navoiy shahrida Xalq deputatlari Navoiy viloyati Kengashi sessiyasi bo`lib o`tmoqda. 

Sessiyada Navoiy viloyatiga hokim tayinlash bo`yicha tashkiliy masala ko`rib chiqilmoqda, deya xabar qildi Prezident matbuot xizmati. 

Prezident viloyat faollarining bildirgan fikrlari asosida Navoiy viloyati hokimi lavozimiga hokim vazifasini bajarib kelayotgan Normat Tursunov To`lqunovich nomzodini tavsiya etdi.

Nomzodning hududni jadal rivojlantirish, aholiga munosib turmush sharoiti yaratish, mavjud muammolarni hal etish bo`yicha rejalarini eshitish taklif qilindi.

Nomzod viloyatda tadbirkorlik va xizmatlar sohasini rivojlantirish bo`yicha rejalarini aytdi.

Tadbirkorlikni rivojlantirish orqali kelgusi yilda 122 mingta ish o`rni yaratish imkoni bor.

Shulardan kelib chiqib, Prezident mutasaddilarga:

- kelgusi yilda 26 ta mahalliy sanoat markazi va kichik sanoat zonalarini tashkil etish;

- oilaviy tadbirkorlik dasturlari uchun qo`shimcha 100 milliard so`m, kelgusi yilda 600 milliard so`m yo`naltirish;

- Nurota, Xatirchi va Navbahordagi bo`sh binolarda mono-markaz tashkil etib, kamida 5 ming yoshlarni zamonaviy kasblarga o`qitish;

- M-37 magistral yo`lida 3,5 mingta servis ob`ektlarini ishga tushirish;

- Karmanadagi Mavlono Orif Deg-Garoniy majmuasini ta`mirlashga 15 milliard so`m ajratish;

- 20 ta turizm mahallasida infratuzilmani yaxshilash bo`yicha 50 milliard so`mlik loyihani 2023 yil davlat dasturiga kiritishga topshiriq berdi.

    Boshqa yangiliklar