AsosiyJamiyat

O`zbek adibi Qo`chqor Norqobil "Moskvaning oltin qalami" mukofotini qo`lga kiritdi

'O`zbek adibi Qo`chqor Norqobil "Moskvaning oltin qalami" mukofotini qo`lga kiritdi'ning rasmi

O`zbek adibi Qo`chqor Norqobil "Moskvaning oltin qalami" ("Zolotoe pero Moskv") 2- Xalqaro festivalida nasr yo`nalishi bo`yicha o`tkazilgan tanlovda birinchi o`rinni qo`lga kiritdi. Bu haqda O`zA yozmoqda.

"Moskvaning oltin qalami" (Zolotoe pero Moskv) 2-Xalqaro festivali 18 noyabridan 20 noyabriga qadar bo`lib o`tdi. Loyiha onlayn o`tkazilishiga qaramay, nafaqat yozuvchilar, balki kitobxonlar uchun ham yilning asosiy adabiy voqealaridan biriga aylandi.

Festivalning «Nasr» nominasiyasi bo`yicha 9 nafar ishtirokchi g`olib bo`lgan. O`zbek adibining "Moskvaning oltin qalami" uchun hay`at a`zolari tomonidan "Aktyorning sevgisi" hikoyasi alohida e`tirof etildi.

Ma`lumot uchun, adib "Daryo ortidagi yig`i" (1994), "O`n sakkizga kirmagan men bor" (2002), "Kulib tur, azizim" (2005), "Quyoshni kim uyg`otadi?" singari nasriy hamda "Xosiyatli dunyo" (1992), "Kaftimdagi qizg`aldoq" (1993) she`riy to`plamlarini yozgan.

Shuningdek, A. S. Pushkin, M. Yu. Lermontov, S. Esenin, E. Evtushenko kabi shoirlarning nasriy asarlarini o`zbek tiliga tarjima qilgan.

Qo`chqor Norqobil Rossiya Davlat Dumasi Jamoatchilik palatasi hamda Rossiya Xalqaro yozuvchilar uyushmasi tomonidan "Muqaddas Anna" ("Svyataya Anna") ordeni va boshqa ko`plab xalqaro mukofotlarga ham sazovor bo`lgan.

    Boshqa yangiliklar